
Xitoy harbiy-dengiz floti tarkibiga uchinchi aviatashuvchi kemasi — "Futszyan" qabul qilindi. Kema qurolli kuchlar safida xizmatga kirganini tasdiqlash marosimida Xitoy raisi Si Szinpin ishtirok etdi.
Aviatashuvchi to'liq Xitoyda loyihalashtirilgan va qurilgan bo'lib, uning bortida paluba samolyotlarini uchirish uchun elektromagnit katapultalar o'rnatilgan. Sinov rejimida kema bortidan J-15T va J-35 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, KJ-600 erta ogohlantirish samolyotlari uchirilgan.
"Futszyan" Xitoyning elektromagnit katapultalar bilan jihozlangan ilk aviatashuvchisi hisoblanadi. Kema 2018 yil kuz fasli oxirida qurila boshlangan va to'rt yil o'tgach, suvga tushirilgan.
Aviatashuvchi J-15, J-35 kabi turli paluba qiruvchi samolyotlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Eslatib o'tamiz, Xitoy harbiy-dengiz floti tarkibiga "Futszyan"dan tashqari yana ikkita aviatashuvchi kemasi kiradi: "Lyaonin" va "Shandun".
"Lyaonin" sobiq Sovet davrida qurilgan va Ukrainaning "Varyag" (ilgari "Riga") kemasidan qayta ishlangan bo'lsa, "Shandun" esa uning asosida qurilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar