
2025-yilgi "Miss Koinot" tanlovida g'oliblikni Meksika vakilasi Fatima Bosh qo'lga kiritdi, deb xabar bermoqda CNN. Tailandda bo'lib o'tgan tanlovdagi uning muvaffaqiyati mavsumning eng shov-shuvli mojaro voqealaridan biri bo'ldi.
Final oldidan shou direktori Navat Itsaragrizil meksikalik ishtirokchini omma oldida haqorat qildi. U unga baqirib, tadbirni tashlab ketishni talab qilgan va "nodon" deb atagan.
Fatima esa bunga javoban "o'zimga nisbatan bunday muomala qilishlariga yo'l qo'ymayman", deb zalni tark etdi. Voqea katta e'tirozga sabab bo'ldi.
Ko'plab ishtirokchilar Fatimaga birdamlik ko'rsatish maqsadida tanlovni tark etdi. Keyinchalik Navat Itsaragrizil uning oldida omma oldida uzr so'radi.
Mojaroga 1996-yilgi "Miss Koinot" sovrindori Alisiya Machado tomonidan aytilgan irqchilikka oid gaplar ham qo'shildi. U Navatni jamoatchilik oldida kamsitgan edi.
Bularning ustiga, natijalar e'lon qilinishidan bir necha kun oldin ikki hakam tanlovni tark etdi. Ulardan biri tashkilotchilarni natijalarni soxtalashtirishda aybladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.