date

AQSH Suriyaga havodan zarbalar berdi

AQSH Suriyaga havodan zarbalar berdi
AQSH markaziy qo‘mondonligi 11-yanvarga o‘tar kechasi Suriyada ISHID (Iroq va Shom Islom davlati) guruhiga qarashli obyektlarga havodan zarbalar berilganini ma’lum qildi. Ushbu hujumlar AQSH harbiylari va tarjimonning o‘ldirilishiga javoban amalga oshirilgan “Lochin zarbasi” operatsiyasi doirasida o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar vaqtida ISHIDning 35 dan ortiq nishoni yo‘q qilingan. Operatsiyada 90 dan ziyod yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar ishlatilgan va 20 dan ortiq harbiy samolyot, jumladan F-15E, A-10, AC-130J hamda MQ-9 dronlari jalb etilgan.

Hujumlarga sabab bo‘lgan voqea 2025-yil 13-dekabr kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda ISHID jangarisi Suriyada AQSHning ikki nafar harbiy xizmatchisi va bir tarjimonini otib o‘ldirgan, yana uch nafar harbiy yaralangan edi. AQSH rasmiylari bu hodisani terrorchilik hujumi sifatida baholagan.

AQSH tomoni bunday hujumlar harbiy xizmatchilar xavfsizligini ta’minlash va terrorchilikka qarshi kurash doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat Suriyadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Suriyaga havodan zarbalar berdi