
Saudiya Arabistoni qirolligi hududida yana ikki alkogol mahsulotlari do'konini ochish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda Reuters. Yangi do'konlardan biri sharqiy viloyat Dahron shahrida, davlatga qarashli Aramco neft kompaniyasi hududida quriladi.
Bu do'konga musulmon bo'lmagan shaxslar kirishi mumkin bo'ladi. Ikkinchi do'kon esa port shahri Jidda shahrida barpo etilmoqda.
U asosan musulmon bo'lmagan diplomatlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bu yerda ko'plab xorijiy konsulliklar joylashgan. Bu qadam valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning mamlakatni bosqichma-bosqich ochish va cheklovlarni yengillashtirish siyosati doirasidagi navbatdagi tashabbusdir.
O'tgan yili Riyod shahrida so'nggi 73 yil ichida ilk bor diplomatlar uchun mo'ljallangan alkogol mahsulotlari do'koni ochilgan edi. Yangi ochiladigan joylar qirollikda odatda qat'iy taqiqlangan spirtli ichimliklar savdosiga mo'ljallangan ikkinchi va uchinchi nuqtalar bo'ladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.