
OPEK+ tashkiloti joriy neft qazib olish kvotalarini kelasi yil oxirigacha uzaytirishga qaror qildi. Ushbu qaror tashkilot rasmiy saytida e'lon qilindi.
30-noyabr kuni OPEK davlatlari vakillari yig'ilishida ushbu qaror qabul qilindi. Tashkilot vakillarining ta'kidlashicha, bu masalaga oid qo'mita uchrashuvlari har oyda ikki marta o'tkaziladi.
Karter bayonotida aytilishicha, sakkizta ishtirokchi davlat kuniga 1,65 million barrel neft qazib chiqarishni qisman yoki to'liq tiklashi mumkin. Buning uchun bozor sharoiti va ehtiyojlar inobatga olinadi.
"RIA Novosti" ma'lumotlariga ko'ra, joriy yilda umumiy uglevodorod qazib olish hajmi kuniga 39,7 million barrelni tashkil qilmoqda. OPEK+ hisob-kitoblariga ko'ra, 2030-yilga kelib jahon neft savdosi hajmi kuniga 61 million barrelga yetadi.
O'tgan yilda bu raqam 55 million barrelni tashkil etgan edi. Yaqin Sharq davlatlaridan uglevodorod eksporti kuniga 23,5 million barrelga oshishi kutilmoqda.
Asosiy xaridorlar esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bo'ladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.