
18 yoshli "Barselona" futbolchisi Lamin Yamal uzoq muddatli maqsadlarni rejalashtirmasligini tan oldi. Yosh vinger ko'pdan buyon yangi Lionel Messi sifatida tilga olinib, kataloniyalik gigantning kelajakdagi asosiy umidi sifatida qaralmoqda.
Shunga qaramay, futbolchi vaziyatga oddiy qarashini aytadi. "Hammasi odamlar va ularning kutganlariga bog'liq.
Ehtimol, kimdir mendan ortiqcha yoki past darajada umid qilayotgandir, lekin o'zimda umidlar yo'q – men shunchaki o'yinga e'tibor qarataman. O'ylashimcha, umidlar oxir-oqibat hech qanday yaxshi narsaga olib kelmaydi: ularni oqlasangiz – go'yo boshqa maqsadingiz yo'qdek ko'rinadi, oqlay olmasangiz – hafsalangiz pir bo'ladi," – deb ta'kidladi Yamal "The Touchline"ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda ispan futbolchisi "Barselona" safida 14 o‘yinda 7 ta gol urib, 9 ta golli pas amalga oshirgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.