date

Bernardo Silva: De Bryuynening ketishini qabul qilish qiyin bo'ldi

Bernardo Silva: De Bryuynening ketishini qabul qilish qiyin bo'ldi
Manchester Siti yarim himoyachisi Bernardo Silva Kevin de Bryuyne jamoani tark etishi haqida ilk bor qanday xabar topgani haqida so'zlab berdi. Belgiyalik futbolchi o'tgan mavsum oxirida "shaharliklar" safini tark etdi va yozda erkin agent sifatida Italiyaning "Napoli" klubiga o'tdi.

"Kevin bu haqida menga o'sha mavsum oxirida aytgan edi. Bu juda og'ir bo'ldi, chunki u mening do'stim.

Biz sakkiz yil davomida bir jamoada o'ynadik va uning Manchester Sitidan ketishini qabul qilish oson emas edi. Endi men jamoa sardoriman, bu katta sharaf", dedi Silva DAZN muxbiriga bergan intervyusida.

Kevin de Bryuyne Manchester Siti safida o'n yil davomida to'p surgan. Yaqinda 34 yoshli yarim himoyachi og'ir jarohat olib, yaqin oylar davomida Napoliga yordam bera olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bernardo Silva: De Bryuynening ketishini qabul qilish qiyin bo'ldi