
Yevroparlament “Ukrainada adolatli va barqaror tinchlikka erishishda YI’ning taklif etilgan rejaga munosabati” nomli rezolyutsiyani qabul qildi. Hujjat uchun 401 nafar deputat ovoz berdi. Yevroparlament deputatlari Yevropa Ittifoqi (YI) va a’zo davlatlarni yuqoriroq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va sulhga erishish jarayonida yetakchilik qilishga da’vat etadi.
AQShga e’tiroz va murosasiz tamoyil
Rezolyutsiyada Rossiyaning tinchlikdan manfaatdor emasligi va fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berishni davom ettirayotgani alohida qayd etilgan. Ayni paytda, deputatlar AQShning Ukrainaga nisbatan "noto‘liq, ikki ma’noli siyosati barqaror tinchlikka erishishga to‘sqinlik qilmoqda", deb hisoblaydi. Yevropa tinchlik strategiyasi xalqaro huquqqa va Ukrainaning hududiy yaxlitligiga asoslanishi kerak. Asosiy tamoyil shuki: tinchlikka bosqinchiga yon berish bilan emas, balki Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlash orqali erishish mumkin.
Besh asosiy shart
Yevroparlament tinchlik shartnomasi uchun majburiy shartlarni belgiladi. Ular orasida:
Barcha Rossiya qo‘shinlarini xalqaro tan olingan hududdan chiqarish. Vaqtincha okkupatsiya qilingan qismlar YI tomonidan hech qachon tan olmaslik talab etiladi.
Rossiya Ukrainaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni ham to‘liq kompensatsiya qilishi shart.
Agressiya jinoyati va harbiy jinoyatlar uchun Xalqaro jinoiy sud va maxsus tribunal oldida to‘liq javobgarlik ta’minlanishi lozim.
Kelishuv asirga olingan harbiylar, barcha noqonuniy ushlab turilgan fuqarolar va o‘g‘irlab ketilgan bolalarni qaytarishni ta’minlashi kerak.
Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanktsiyalar bekor qilinmaydi, toki tinchlik kelishuvi tuzilib, to‘liq amalga oshirilmaguncha.
Yevroparlament shuningdek, Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bilan kafolatlangan "reparatsion kredit"ni Ukrainaga tezroq to‘lash tarafdori ekanini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.