
Qozog‘istonda qaynopasiga ta’zim qilishdan bosh tortgan kelin haqida yuzaga kelgan oilaviy nizo sudgacha yetib bordi. Bu haqda Orda.kz tomonidan ma’lum qilindi.
Hodisa tafsilotlariga ko‘ra, to‘y marosimi paytida kuyov yangi turmush o‘rtog‘idan uning opasiga urf-odatga muvofiq ta’zim qilishni so‘ragan. Ammo kelin bu amalni bajarishga rozilik bildirmagan. Marosimdan keyin erkak uyga qaytgach, ayolni haqoratli iboralar bilan so‘kib, munosabatni yanada keskinlashtirgan.
Mojaro oxir-oqibat Jambil viloyati Juali tumani sudigacha yetgan. Sud jarayonida ayol turmush o‘rtog‘i nafaqat uni haqorat qilganini, balki qaynonasiga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘pol tarzda “qizingizni olib ketinglar” deb talab qilganini ham aytgan.
“Sud majlisida erkak qilgan xatti-harakatini tan oldi, xotinidan uzr so‘radi va masalani mediatsiya orqali hal qilishni taklif etdi. Jabrlanuvchi ayol ham yarashishga qarshi bo‘lmagan”, deyiladi ish materiallarida.
Shu bois, tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgani sababli sud ish yuritishni to‘xtatdi. Qaror hozircha qonuniy kuchga kirmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.