
La Liganing 14-turida “Jirona” bilan 1:1 hisobidagi keskin bahs ortidan “Real Madrid” bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning o‘yini va mavsumdagi holati haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa ayrim o‘yinlarda o‘zining odatiy darajasida harakat qilmayotgani jiddiy e’tiborga muhtoj.
Alonsoning ta’kidlashicha, mavsum davomida jamoalar turli bosqichlarni boshdan kechiradi. Madridliklar mavsumning ilk qismida safarda ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa, oxirgi uchrashuvlarda bu barqarorlik yo‘qolgan.
«Bugun ikkinchi bo‘limda ancha faol o‘ynadik. Hisobni tenglashtirdik, ikkinchi gol uchun ham uch-to‘rtta aniq vaziyat yaratdik. Biroq “Real” o‘z oldiga qo‘ygan yuqori standartlarga mos o‘ynash — biz uchun asosiy vazifa», — dedi murabbiy.
U jamoaning ruhiy tayyorgarligi va jamoaviy reaksiyasini ham alohida ta’kidladi. Goldan keyin futbolchilarning xarakteri, birdamlikda harakat qilishga intilishi va g‘alaba qaytishi uchun kurashi murabbiyni qoniqtirgan.
Shu bilan birga, Alonso jamoa o‘yin davomida uzoq vaqt ustunlikni qo‘lga kirita olmaganini tan oldi:
«Nima uchun bunday bo‘lganini chuqur tahlil qilishimiz kerak. Safarda g‘alaba qaytarish istagi bizda bor, lekin ba’zi detallar o‘yinga ta’sir qilmoqda. Mavsum uzun, odatiy tempni tiklashimiz shart».
Madridliklar navbatdagi turlarda liderlik uchun kurashda o‘z mavqeini mustahkamlashni maqsad qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.