
Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘zbek milliy taomlari restorani va Namangan viloyatining savdo uyi ochildi. Loyihaning asosiy maqsadi hududiy brendlarni targ‘ib qilish hamda savdo-madaniy aloqalarni mustahkamlashdir.
Restoranda yaponiyaliklarga o‘zbek oshxonasining an'anaviy taomlari — palov, somsa, sho‘rva, lag‘mon, qozon-kabob taqdim etiladi, deya ta’kidlamoqda viloyat vakillari. Namangan viloyatining savdo uyi esa sanoat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, hunarmandchilik mahsulotlari hamda gastronomik brendlarni targ‘ib qilish uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur maydon ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida yangi eksport yo‘nalishlari va bevosita aloqalar yaratishga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.