Toshkentda 4 ming dollar qarzini soxta dollar bilan to‘lagan shaxs ushlandi

1 daqiqa o'qish5.6K
Toshkentda 4 ming dollar qarzini soxta dollar bilan to‘lagan shaxs ushlandi

Toshkent shahrida qarzini soxta AQSh dollarlari bilan “yopib qo‘yish”ga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, muqaddam sudlangan R.T. tanishi M.X.ning ishonchini qozonib, unga 4 tonna pomidor yetkazib berishni va’da qilgan. Shu kelishuv asosida M.X. unga 4 ming dollar bergan. Biroq gumonlanuvchi ushbu mablag‘ni mahsulotga emas, shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgani aytiladi.

Keyinchalik pulni qaytarmaslik va vaziyatdan “yo‘l topish” maqsadida R.T. 100 dollarlik qalbaki kupyuralardan jami 4 ming dollar tayyorlab, qarzni shu tarzda to‘lashga harakat qilgan. Biroq soxta pullarni topshirish jarayonidayoq holat fosh etilib, gumonlanuvchi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda qalbaki pul va qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va muomalaga kiritishga oid moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?