date

Grenlandiya aholisining 85 foizi AQShga qoʻshilishga qarshi

Grenlandiya aholisining 85 foizi AQShga qoʻshilishga qarshi

Soʻrov natijalariga koʻra, Grenlandiya aholisining aksariyati AQSh tarkibiga qoʻshilish gʻoyasini qoʻllab-quvvatlamaydi: orol aholisining 85 foizi Amerika fuqaroligini olishni istamasligini bildirgan. Bu haqda Financial Times Verian oʻtkazgan tadqiqotga tayanib xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Respondentlar rad etishining asosiy sababi sifatida Daniyadagi turmush darajasi yuqoriroq ekanini ko‘rsatgan. Shuningdek, AQShdagi jinoyatchilik darajasi va tibbiy xizmatlar qimmatligi ham xavotirlar qatorida tilga olingan. So‘rov ishtirokchilarining faqat kichik qismi fuqarolikni almashtirish ehtimoliga ijobiy munosabat bildirgan.

Financial Times materialida yana bir faraz ham keltiriladi: nazariy jihatdan Vashington 57 ming nafar grenlandiyalikni rozi qilish uchun ularga Amerika pasporti va har biriga 1 million dollardan taklif qilishi mumkin.

Grenlandiyani AQSh tomonidan “sotib olish” mavzusi yana kun tartibiga qaytgani aytiladi. Oq uy rahbari Donald Tramp esa AQSh “oʻz maqsadiga erishishini” ta’kidlab, grenlandiyaliklar goʻyoki Amerika bilan yaqinlashishga qiziqayotganini ilgari surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiya aholisining 85 foizi AQShga qoʻshilishga qarshi