date

Zarina Yuldasheva ochiq kiyingan surati yuzasidan izoh berdi

Zarina Yuldasheva ochiq kiyingan surati yuzasidan izoh berdi

Aktrisa Zarina Yuldasheva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ochiq kiyingan surati yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, ommaviy muhokamalarga sabab bo‘lgan surat aslida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan va o‘zi bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

“O‘rtoqlar, o‘zinglarni bosilar. Grinj bilan tushgan rasmim bu men emasman. Sal o‘ylab ko‘rilar. Dasturlar chiqibdi-ku, sun’iy intellekt degan narsa. Videolarga, rasmlarga o‘zingizni suratlaringizni qo‘ysanglar, xuddi sizdek bo‘lib chiqadi,” — dedi aktrisa.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi zamon texnologiyasi bunday montajlar qilish imkonini beradi. “Hamma vahima qilibdi: Zarina bitta shu kiyim qolgan edi kiymagan deb. Biz hozir nechanchi asrda yashayapmiz, rivojlangan asrda-ku,” — deya tanqid qildi u. Shu bilan birga, aktrisa yolg‘on axborot tarqatayotganlardan hushyor bo‘lishni so‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zarina Yuldasheva ochiq kiyingan surati yuzasidan izoh berdi