date

Papa John’s Qozog‘iston va Qirg‘izistonni tark etdi

Papa John’s Qozog‘iston va Qirg‘izistonni tark etdi
Papa John’s pitseriya tarmog‘i Qozog‘iston va Qirg‘izistonda faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda Kursiv Kazakhstan nashri franchayzing huquqiga ega bo‘lgan Daniyar Monolbayevga tayanib xabar bermoqda.

Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, mavjud mablag‘lar asosan muhim to‘lovlar uchun yo‘naltirilgan: ish haqlari, soliqlar, ijara majburiyatlari va qarzlarning qisman to‘lanishi. «Qozog‘istonda xodimlarning aksariyatiga boshqa kompaniyalarda ish topishga yordam berildi», dedi Monolbayev.

Avvalroq xabar berilishicha, Almatidagi Papa John’s’ning yopilgan olti filialining o‘rnini Bellissimo Pizza egallaydi. Papa John’s 1984 yilda Jon Shnatter tomonidan asos solingan amerikalik pitseriya tarmog‘idir.

Bugungi kunda tarmoq dunyo bo‘ylab 5 mingdan ortiq filialga ega va AQSh, Kanada, Meksika, Yevropa mamlakatlari, Yaqin Sharq, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika bo‘ylab faoliyat olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Papa John’s Qozog‘iston va Qirg‘izistonni tark etdi