
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarga ko‘ra, Xitoyda avtonom robotaksi piyodalar o‘tishi joyidan o‘tganida ikki shaxsning avtomobil ostida qolib ketgani, atrofdagilar esa ularni qutqarishga harakat qilgani ko‘rsatilgan.
Mahalliy hokimiyatning ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa "Hello Autonomous Driving" yozuvi bilan belgilangon, “3009” raqamli robotaksi piyodalar o‘tish joyidan o‘tib ketganidan so‘ng janubga harakatlangan va shu payt hodisa yuz bergan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan Xunan an’anaviy tibbiyot shifoxonasiga olib borilgan. Ular hozirda reanimatsiyada davolanmoqda.
“Hello” kompaniyasi o‘zining rasmiy bayonotlarida voqea haqida xabar olganini tasdiqladi va tergov boshqa idoralar bilan to‘liq hamkorlik qilmoqda. Hozircha robotaksidagi avtopilotning holati yoki texnik nosozlik sabab bo‘lgani aniqlashtirilmagan.
Tergov amalga oshirilganidan keyin, Chjuchzoudagi robotaksi xizmatining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Mutaxassislar fikricha, Xitoyda avtonom transport vositalarining kengayishi bilan birga, ularning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha reglament va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish talab qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.