Eronda hijobsiz yugurgan ayollar marafoni katta mojaro keltirdi

1 daqiqa o'qish2.1K
Eronda hijobsiz yugurgan ayollar marafoni katta mojaro keltirdi

Eronda o‘tgan yirik marafon musobaqasi kutilmagan tarzda jamoat muhokamasining markaziga aylandi. Kish orolidagi yugurish marafonida ayollardan ayrimlari hijobsiz ishtirok etgani uchun tashkilotchilar hibsga olindi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi.

Marafonda 2 mingga yaqin ayol va 3 mingdan ortiq erkak qatnashgan. Ayrim ishtirokchi xotin-qizlar qizil futbolkalarda yugurgani, ammo hijob taqmagani mamlakatda keskin bahslarga sabab bo‘ldi.

Jamiyatning bir qismi bu holatni ayollarning erkinlikka bo‘lgan talabi sifatida qo‘llab-quvvatladi. Ular bunni hukumat belgilagan kiyinish qoidalariga nisbatan ochiq e’tiroz deb hisoblamoqda.

Biroq rasmiylar buni mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakat deya baholadi. Bunda faqat hijob qoidalari buzilgani emas, balki musobaqaning o‘tkazilishining o‘zi ham “jamoat axloqiga zid”, deya tanqid qilindi.

Shundan so‘ng sud idoralari marafon tashkilotchilariga nisbatan chora ko‘rib, ularni hibsga oldi.

Hijob masalasi Eronda oxirgi yillarda jamiyatni ikki qarama-qarshi lagerga ajratib qo‘ygan asosiy mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Qoidalar ba’zan yumshatilsa, ba’zan yana qattiqlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda butun mamlakat bo‘ylab bir necha oy davom etgan noroziliklar aynan hijob qoidalarini buzgani uchun hibsga olingan Mahsa Aminining vafotidan keyin boshlangan edi. Uning o‘limi hanuz jamiyat xotirasida yashab kelmoqda.

Protestlar kuch bilan to‘xtatilganiga qaramay, ko‘plab eronlik ayollar bugun ham qoidalarga bo‘ysunmayotgani qayd etilmoqda. Bu esa hukumatning navbatdagi keskin reaksiyalariga sabab bo‘lmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?