Rekord miqdordagi pora: Xitoyda kompaniya sobiq rahbari osib o‘ldirildi

Xitoyda “China Huarong International Holdings” kompaniyasining sobiq rahbari Bay Tyanxuy 156 million dollar miqdoridagi pora olganlikda ayblanib qatl etildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, u 2014–2018 yillar davomida lavozimidan foydalanib, katta miqdordagi pul va aktivlarni noqonuniy ravishda qabul qilib kelgan.
Bay Tyanxuy 2024 yil may oyida o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Uning apellyatsiyasi fevral oyida rad etildi va Oliy sud hukmni kuchda qoldirdi. Shundan so‘ng hukm ijro etilib, amaldor osib o‘ldirildi.
Mahkumning oilasi voqea yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash juda qat’iy olib boriladi. 2021 yilda “Huarong” kompaniyasining sobiq raisi Lay Syomin ham 1,79 milliard yuan miqdoridagi pora uchun o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!