date

AQSh «Lukoyl» aktivlari savdosiga ruxsatni uzaytirdi

AQSh «Lukoyl» aktivlari savdosiga ruxsatni uzaytirdi

AQSH Moliya vazirligining Chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) «Lukoyl» kompaniyasining xorijdagi aktivlarini sotish uchun berilgan litsenziyani 2026 yil 17 yanvargacha uzaytirdi. Bu haqda boshqarma rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Mazkur litsenziya «Lukoyl International GmbH» (LIG) — kompaniyaning xorijiy aktivlari va uning sho‘ba korxonalariga tegishli mulklarni sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va shartnomalar tuzish huquqini beradi. Bundan tashqari, OFAC ushbu tuzilmalarning shartnomalarini xizmat ko‘rsatish, jumladan, LIGning bloklangan hisoblarini foydalanishga ruxsat beruvchi hujjatning amal qilish muddatini ham uzaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Lukoyl» joriy yilning 22 oktyabrida AQSHning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Dekabr oyida kompaniya xorijdagi aktivlarini sotish uchun vaqtinchalik litsenziya olgan edi.

Bundan avval AQSH Moliya vazirligi kompaniyaga xorijdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarini texnik xizmat ko‘rsatish va yopish bo‘yicha operatsiyalarni 2026 yilning aprel oyining oxirigacha amalga oshirishga ruxsat bergan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh «Lukoyl» aktivlari savdosiga ruxsatni uzaytirdi