
2025 yilning eng muhim so‘zi sifatida “zumer” tanlandi. Bu natija “Gramota.ru” portali tomonidan o‘tkazilgan tilshunoslar so‘rovi asosida e’lon qilindi.
So‘rovda shuningdek, “yonish” (38%) va “qizil bayroq” (37%) so‘zlari ham yuqori o‘rinlarni egalladi. Ovoz berishda Rossiyaning 23 ta ilmiy va ta’lim muassasasidan 469 nafar tilshunos ishtirok etdi.
Ular turli yosh guruhlari va ilmiy maktablarni vakillik qilgan holda, bir necha avlodlarning fikrlarini hisobga olishga imkoniyat berdi. So‘zni tanlash jarayoni ko‘p bosqichli metodologiya asosida o‘tkazildi.
Dastlab, mutaxassislar lug‘atlarda hali mavjud bo‘lmagan, ammo keng qo‘llanilayotgan so‘zlarni saralashdi. Keyin esa statistik tahlil yordamida vaqtinchalik axborot sabab ommalashgan “bir kunlik” so‘zlar chiqarib tashlandi.
Bu jarayonda “chushpan”, “kvadrober” va “labubu” kabi so‘zlar iste’moldan chiqarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.