date

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Toshkentda Paragvay prezidenti Santyago Penya bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston bilan Paragvay o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur sammit ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.

Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlashtirish, turizm hamda sport sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi