
Saudiya Arabistoni hukumati 2034 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatini tashkil etish rejalari bo'yicha ayrim o'zgarishlar kiritishi mumkin. The Guardian xabariga ko'ra, neft narxlarining pasayishi va buning ortidan Saudiya Davlat investitsiyalari jamg'armasi daromadlarining qisqarishi yangi stadionlar qurilishi bo'yicha loyihalarni qayta ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltirdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, stadionlar bo'yicha arxitektorlar taqdim etgan hozirgi takliflar haddan tashqari qimmat deb topilgan. Shu sababli ulardan loyihalarni qayta topshirish talab qilinadi.
Xarajatlarni kamaytirish doirasida ayrim innovatsion yechimlardan voz kechish rejalashtirilgan: jumladan, surilma tomlar hamda murakkab konditsioner va iqlimni boshqarish tizimlari qisqartirilishi mumkin. Byudjetning kamayishi o'yinlar o'tkaziladigan shaharlarga doir tanlovga ham ta'sir ko'rsatishi ehtimol.
Dastlab uchrashuvlar mamlakat bo'ylab bir qator shaharlarda o'tkazilishi ko'zda tutilgan edi. Hozir esa zarur infratuzilmaning bir qismi allaqachon mavjud bo'lgan hududlarda o'yinlarning katta qismini jamlash varianti ko'rib chiqilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.