Saudiya Pro-ligasining eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi

Saudiya Pro-ligasining eng qimmat futbolchilari reytingi yangilandi
Transfermarkt Saudiya Arabistoni Pro-ligasida to'p surayotgan futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. So'nggi yangilanish natijalariga ko'ra, chempionatning eng qimmat besh futbolchisining barchasi qiymat jihatidan arzonlashgan.

Qavs ichida ular qancha mablag'ga pasaygani ko'rsatiladi. 1) Mateo Retegi (Al-Qodisiya) — 40 million yevro (-5 million).

2) Darvin Nunes (Al-Hilol) — 35 million yevro (-10 million). 3) Teo Ernandes (Al-Hilol) — 28 million yevro (-7 million).

4) Musso Diabi (Al-Ittihod) — 28 million yevro (-2 million). 5) Entso Miyo (Al-Ahli) — 28 million yevro (-7 million).

Krishtianu Ronaldu 12 million yevrolik bahosi bilan 23-o'rinni bo'lishib turibdi. Portugaliyalik yulduzning bozor qiymati bu safar o'zgarmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar