
Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan sud va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash maqsadida IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda Autocon tadbirlari o‘tkazilmoqda. Uskuna yordamida qarzdorligi mavjud bo‘lgan avtomashinalar tezkor tarzda aniqlanib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning noyabr oyidan boshlab o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida:
- 3 236 ta ijro ishlari yuzasidan qidiruvda bo‘lgan,
- umumiy qiymati 17, 6 mlrd. so‘mlik 241 ta avtotransport vositalari topilib, jarima maydonlariga joylashtirildi.
Topilgan avtotransport vositalarning 154 tasi, ya’ni jami 7,3 mlrd. so‘m qiymatdagi avtomashinalar banklar foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro ishlariga taalluqlidir.

Qarzdorliklar belgilangan muddatlarda bartaraf etilmasligi avtotransport vositalarining elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotilishiga sabab bo‘lishi mumkinligi yuzasidan qarzdorlarga tushunchalar berilmoqda.
Hozirda bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida izchil davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.