
Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi boshchiligidagi hukumat 2026 yilgi moliyaviy yil uchun rekord hajmdagi byudjetni tasdiqladi. Byudjet miqdori 122,3 trillion yenni ($784,6 milliard) tashkil qiladi.
Shu bilan birga, yangi davlat obligatsiyalarining chiqarilishi biroz oshib, $182,9 milliarddan $189,4 milliardga yetadi, byudjetning qarzlarga bogʻliqligi esa 1998 yildan beri eng past darajaga – 24,2 foizga tushadi. Soliq tushumlari 7,6 foizga oʻsib, rekord darajadagi 83,7 trillion yenni ($536 milliard) tashkil qilishi kutilmoqda.
Bu mablagʻlar ijtimoiy toʻlovlar va mudofaa xarajatlarini moliyalashtirishga yordam beradi, ammo qarz boʻyicha oʻsib borayotgan xarajatlarni toʻliq qoplamaydi. Ushbu xarajatlar Yaponiya Markaziy bankining ortiqcha yumshoq pul siyosatidan chiqishi fonida 10,8 foizga, yaʼni soʻnggi 29 yildagi eng yuqori darajaga koʻtariladi.
Takaichi uzoq muddatli byudjet rejalashtirishda yondashuvni oʻzgartirishni rejalashtirmoqda. U birlamchi xarajatlarni har yili muvozanatlashtirish amaliyotidan voz kechib, koʻp yillik maqsadlarni belgilash orqali mablagʻlarni yanada moslashuvchan sarflashni taʼminlamoqchi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.