
«Manchester Yunayted»ning hujumkor yarim himoyachisi Meyson Maunt o‘z istiqbollari haqida fikr bildirdi. Futbolchi o‘zining eng yuqori darajasiga qaytishga qat’iy bel bog‘lagan.
«O‘ylaymanki, men allaqachon o‘zimning eng yaxshi darajamga chinakam qaytishga juda yaqinman. Hozir menda bor tajriba va boshdan kechirganlarimdan keyin, mening maksimumim avvalgidan ham yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
So‘nggi bir-ikki yilda hech bo‘lmaganda shu darajaga yaqinlashishning o‘zi qiyin bo‘ldi. Ammo endi yaxshi mavsumoldi tayyorgarligini o‘tkazdim, ko‘p o‘yinlarda maydonga tushdim, ko‘p o‘yin daqiqalarini oldim.
Qaytishga yanada yaqinlashganimni his qilyapman», — dedi Maunt Sky Sports’ga. Juma kuni «Manchester Yunayted» APL doirasida o‘z maydonida «Nyukasl»ga qarshi o‘ynaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.