
Fransuz murabbiy Jan-Lui Gasse 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda cnews.fr xabar berdi.
Monpelye shahrida tug‘ilgan Gasse futbolchi sifatidagi faoliyatining deyarli barchasini shu nomdagi klubda o‘tkazib, u bilan birga oliy liga darajasigacha ko‘tarilgan. 1985 yilda u murabbiylik faoliyatiga o‘tib, «Monpelye» (Intertoto kubogidagi g‘alaba), «Bordo» va «Marsel» jamoalarini boshqargan.
U «Monpelye»ni uch marta boshqargan, oxirgi bor 2025 yil aprelida jamoani tark etgan. Gasse uzoq vaqt Loran Blan murabbiylar shtabida yordamchi bo‘lib ishlagan.
Blan Fransiya terma jamoasi, «PSJ» va boshqa jamoalarni boshqargan. 2022–2024 yillarda Gasse Kot-d’Ivuar terma jamoasini boshqargan va Afrika Millatlar kubogi davomida ishdan bo‘shatilgan mutaxassis sifatida tarixda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.