
«Inter» yarim himoyachisi Genrix Mhitaryan jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu tomonidan o‘ziga bildirilgan maqtovlar haqida fikr bildirdi. «Kivuning oktyabr oyida men haqimda aytgan iliq so‘zlari?
Menga yoqdi, ammo men shuni tushunaman: har kuni bor kuchingni berishing kerak, futbolda o‘tmish hech narsani anglatmaydi. Har kuni to‘liq fidoyilik bilan o‘ynash lozim.
36 yoshda bu oson emas, lekin jamoadoshlarim va murabbiylar shtabi yordamida men Mhitaryanning eng yaxshi ko‘rinishini namoyish etishga harakat qilaman», — dedi Mhitaryan Cronache Di Spogliatoio nashriga bergan intervyusida. «Inter» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rindagi «Milan» bir ochkoga, uchinchi «Napoli» esa ikki ochkoga ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.