date

Rossiya gaz eksportini Markaziy Osiyoga keskin oshirdi

Rossiya gaz eksportini Markaziy Osiyoga keskin oshirdi

2025 yilning yanvar–noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Afg‘onistonga suyultirilgan uglevodorod gazi — propan va butan yetkazib berish hajmi keskin sur’atlarda oshdi. Eksport qariyb ikki barobarga ko‘payib, 1 million tonnadan oshib ketdi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Bryussel tomonidan SUGga nisbatan sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng, Moskva avval Yevropa bozoriga mo‘ljallangan hajmlarni yangi yo‘nalishlar — asosan Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalarga qayta taqsimlagan. Ushbu yoqilg‘i ko‘pincha isitish maqsadlarida, shuningdek, neft-kimyo sanoatida faol qo‘llaniladi.

Natijada Afg‘oniston va mintaqaning boshqa davlatlariga jo‘natilgan gaz hajmi Rossiyaning umumiy SUG eksportida 36 foizni tashkil etdi. Solishtirish uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich atigi 19 foiz darajasida bo‘lgan.

Eng yirik xaridor sifatida Afg‘oniston yetakchilikni saqlab qolmoqda. Rossiyadan import hajmining oshishi Eron eksporti qisqargan bir paytga to‘g‘ri keldi. Ma’lumki, Eron Amerika Qo‘shma Shtatlari sanksiyalari ta’sirida qolmoqda va bu uning mintaqaviy bozordagi imkoniyatlarini cheklagan.

Qayd etilishicha, Afg‘oniston joriy yil dekabr oyi boshiga qadar xorijdan neft va neft mahsulotlarini 1,8 milliard dollarga, tabiiy gazni esa 1,4 milliard dollarga import qilgan. Bu ko‘rsatkichlar mamlakat uchun Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlik qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya gaz eksportini Markaziy Osiyoga keskin oshirdi