
Angliya Premer-ligasining 18-turi bir qator qiziqarli va kutilgan natijalar bilan yakunlandi. Tur doirasidagi markaziy bahslar chempionlik kurashi hamda jadval quyi qismidagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Londonda bo‘lib o‘tgan bahsda "Arsenal" o‘z maydonida "Brayton"ni qabul qildi. Ustunlikka erishgan «kanonirlar» 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, 42 ochko bilan turnir jadvalida yana birinchi pog‘onaga ko‘tarildi. Uchrashuvda Martin Edegor erta gol bilan hisobni ochdi, ikkinchi to‘p esa raqib futbolchisining avtogoli sifatida qayd etildi. «Brayton» qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, uchrashuv taqdirini o‘zgartirib qo‘ya olmadi.
Arsenal – Brayton 2:1
Gollar: Edegor 14, Ryutter 52 avtogol – Gomes 52
Arsenal – Rayya, Saliba, Inapkiye, Kalafiori, Subimendi, Rays, Merino, Edegor, Saka, Trossar, Gokeresh.
Brayton – Verbryuggen, Dank, van Heske, Gruda, Jorjinio, Hinshelvud, Kadio‘g‘li, Gomes, Ayari, de Kyuper, Koppola.
Turning yana bir e’tiborli o‘yinida "Liverpul" o‘z maydonida jadval autsayderi — "Vulverhempton"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mersisaydliklar safida Florian Virts o‘zining «Liverpul» libosidagi ilk golini urib, muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi. Ushbu g‘alabadan keyin «qizillar» 32 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.
Liverpul – Vulverhempton 2:1
Gollar: Gravenberh 41, Virts 42 – Bueno 51
Liverpul – Alisson, Van Deyk, Frimpong, Konate, Kerkez, Virts, Makallister, Kiyeza, Jons, Ekitike, Gravenberh
Vulverhemton – Sa, Doherti, Moskera, Bueno, Kreychi, X. Bueno, Andre, Gomes, Mane, Arokodare, Hvang.
Qolgan uchrashuvlarda esa keskin kurash kuzatildi. "Vest Hem" o‘z maydonida "Fulhem"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yagona gol o‘yin so‘nggi daqiqalarida urildi.
Vest Hem – Fulhem 0:1
Gol: Ximenes 85
"Byornli" hamda "Everton" o‘rtasidagi bahs esa gollarsiz durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa, 18-tur Angliya chempionatidagi raqobat naqadar shiddatli ekanini yana bir bor isbotladi. Peshqadamlik uchun kurash ham, quyi pog‘onalarda omon qolish jangi ham har bir o‘yinda yanada qizib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.