date

Sovg‘a ichidagi «narkotik»: AQSHda Rojdestvo niqobidagi yirik kontrabanda fosh etildi

Sovg‘a ichidagi «narkotik»: AQSHda Rojdestvo niqobidagi yirik kontrabanda fosh etildi

Kentukki shtati politsiyasi bayram qutilariga yashirilgan 25 kilogrammdan ortiq metamfetaminni qo‘lga tushirdi.

Huquq-tartibot posbonlari giyohvand moddalar savdosida gumonlangan 23 yoshli Jeykob Talamantes boshqaruvidagi avtomobilni to‘xtatishdi. Maxsus o‘rgatilgan it mashinada taqiqlangan modda borligiga ishora qilgach, yukxonadan Rojdestvo sovg‘asi qog‘oziga o‘ralgan shubhali qutilar topildi.

Tekshiruv davomida «sovg‘alar» ichiga 55 funt (taxminan 25 kg) og‘irlikdagi metamfetamin joylangani ma’lum bo‘ldi. Nebraskalik yigit ushbu zahri qotilni Ayovadan olib kelganini va sotishni ko‘zlaganini tan olgan. Hozirda unga nisbatan narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sovg‘a ichidagi «narkotik»: AQSHda Rojdestvo niqobidagi yirik kontrabanda fosh etildi