date

AQSHning Hindiston bilan savdo kelishuvi nega to‘xtab qolgani aytildi

AQSHning Hindiston bilan savdo kelishuvi nega to‘xtab qolgani aytildi

Hindiston va AQSh o‘rtasidagi savdo kelishuvi o‘tgan yili siljimasdan qolib ketgan. Reuters xabariga ko‘ra, AQSh savdo vaziri Govard Lyutnik bunga Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bitim arafasida Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilmagani sabab bo‘lganini aytgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Nyu-Dehli esa bu talqinni rad etmoqda. Reuters manbalariga ko‘ra, muzokaralar amalda boshi berk ko‘chaga kirib qolganidan so‘ng, AQSh Hindistondan import qilinadigan ayrim tovarlarga bojlarni 50% gacha oshirgan.

Donald Tramp, shuningdek, Hindiston Rossiya neftini import qilishni kamaytirmasa, tariflar yana ko‘tarilishi mumkinligidan ogohlantirgan. Kelishuvga erishilmagani fonida hind rupiyasi rekord darajadagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketgan, investorlar esa muzokaralarning istiqbolidan xavotir bildirgan.

Shu bilan birga, Hindiston hali ham boj stavkalari AQShning Buyuk Britaniya va Vyetnam bilan kelishgan shartlari oralig‘ida bo‘lishiga umid qilmoqda. Biroq Lyutnikning aytishicha, bu taklif bo‘yicha belgilangan muddat allaqachon yakunlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Hindiston bilan savdo kelishuvi nega to‘xtab qolgani aytildi