Rossiyada qarzdor migrantlarga mehnat patentini uzaytirmaslik taklif qilindi

Rossiyada sud qarori bilan tasdiqlangan qarzdorligi bor migrantlarga mehnat patentini berish yoki uning muddatini uzaytirishni cheklash taklifi ilgari surildi. Tashabbus mualliflari bu bo'yicha qonun loyihasini yangi yil ta'tillaridan so'ng parlamentga kiritmoqchi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Davlat Dumasi Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar ishlari qo'mitasi raisi Yaroslav Nilovning aytishicha, mazkur chora qarzdorlikni to'lashga undovchi qo'shimcha rag'batlantirish vositasi sifatida ko'rilmoqda. Uning ta'kidlashicha, sud qarori mavjud bo'lsa-yu, shaxs undagi qarzni to'lamayotgan bo'lsa, bu patent berishni rad etish uchun ham asos bo'lishi kerak.
Loyihaga ko'ra, patentni uzaytirish uchun xorijiy fuqaro sud qarori bilan tasdiqlangan qarzdorlikni to'liq yopishi shart bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!