date

Eron namoyishlarida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Eron namoyishlarida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Reuters xabariga ko‘ra, Eronda narxlar oshishi ortidan boshlangan va ikki haftadan beri davom etayotgan namoyishlar oqibatida kamida 490 nafar protestchi hamda xavfsizlik kuchlarining 48 xodimi halok bo‘lgan. Tartibsizliklar paytida 10,6 mingdan ortiq kishi qo‘lga olingan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Tehron hozircha halok bo‘lganlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot e’lon qilgani yo‘q. AQSH prezidenti Donald Tramp namoyishchilarga nisbatan kuch ishlatish davom etsa, aralashishga tayyorligini bildirdi.

Manbalar Vashington turli ssenariylarni ko‘rib chiqayotganini aytadi: kiberhujumlar va sanksiyalarni kengaytirishdan tortib, aniq yo‘naltirilgan harbiy zarbalargacha. Tramp, shuningdek, Eron internetini qayta tiklash uchun Starlink’ni ishga tushirish masalasini Ilon Mask bilan muhokama qilayotganini ma’lum qildi.

Bunga javoban Eron parlamenti spikeri Mohammad Boqer Qolibof ehtimoliy qarshi zarba nishonlari sifatida AQSH bazalari, kemalari va Isroil hududini tilga oldi. Eron rasmiylari esa tartibsizliklarni avj oldirishda AQSH va Isroilni ayblab, aholini G‘arbning “terrorchilik harakatlari”ga qarshi mitinglarga chiqishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron namoyishlarida 500 dan ortiq odam halok bo‘ldi