12 yanvar oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Markaziy Banki tomonidan oʻlchovli oltin quymalarning 12 yanvardagi sotuv narxlari e'lon qilindi.
1 gram oltin narxi oldingi qiymatga nisbatan 35 800 so‘mga oshgan.
O‘lchovli oltin quymalarning narxlari quyidagicha:
5 gram — 9 010 000 so‘m.
10 gram — 18 020 000 so‘m.
20 gram — 36 040 000 so‘m.
50 gram — 90 100 000 so‘m.
100 gram — 180 200 000 so‘m.
O‘lchovli oltin quymalarni O‘zbekistondagi barcha banklarning ofislaridan xarid qilish mumkin.
Eslatma: Bank ofisiga borishdan oldin oltin quymalar mavjudligini aniqlashtirib olish yodingizdan chiqmasin. Oltin narxi jadal sur'atda oshib borayotganligi sababli sotuvlarning hajmi ham ortgan. Ko‘plab bank ofislarida oltin quymalarning tugab qolish ehtimoli mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing