Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino

1 daqiqa o'qish48.3K
Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Munisa Rizayeva xonandalikdan avval kino sohasida faoliyat yuritib, ilk mashhurlikka filmlardagi rollari orqali erishgan.
  • U “Salom, Natasha”, “Kichkina xo‘jayin”, “Hijron”, “Nafs” va “Aql va yurak” filmlarida rol ijro etgan.
  • “Hijron” filmida Malika obrazini gavdalantirgan, “Nafs” filmida esa Ulug‘bek Qodirov va Bobur Yo‘ldoshev bilan birga suratga tushgan.
  • “Aql va yurak” kartinasi uning kino faoliyatidagi eng muhim ishlardan biri sanaladi.

Bugun Munisa Rizayeva ko‘pchilikka muvaffaqiyatli xonanda sifatida tanish. Biroq uning san’atdagi ilk qadamlari musiqa bilan emas, kino olami bilan bog‘liq bo‘lganini hamma ham bilavermaydi. Munisa ilk mashhurlikka aynan filmlardagi rollari orqali erishgan. Quyida xonandaning kino faoliyatida muhim o‘rin tutgan 5 ta filmni yodga olamiz.

“Salom, Natasha”

Rejissyor: Otabek Mirzaxolov

Filmda Jahongir Foziljanov, Saida Rametova, Jumadulla Rametov va boshqa taniqli aktyorlar qatorida Munisa Rizayeva ham ishtirok etgan. Ushbu film uning kino olamidagi dastlabki jiddiy ishlardan biri hisoblanadi.

“Kichkina xo‘jayin”

Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino

Film aktyorlar tarkibida Ubaydullo Omon, Alisher Uzoqov, Javlon Shodmonov bilan birga Munisa Rizayeva ham rol ijro etgan. Tomoshabinlar bu kartinada Munisaning tabiiy va samimiy ijrosini alohida e’tirof etishgan.

“Hijron”

Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino

Rejissyor: Yodgor Nasirov

Filmda Munisa Malika ismli go‘zal, biroq injiq va irodali qiz obrazini gavdalantiradi. Tibbiyot institutida tahsil olayotgan Malikaning hayoti kutilmagan voqealar bilan keskin buriladi. Ushbu rol xonandaning dramatik obrazlarni ham muvaffaqiyatli ijro eta olishini ko‘rsatgan.

“Nafs”

Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino

Filmda Ulug‘bek Qodirov va Bobur Yo‘ldoshev bilan birga suratga tushgan Munisa Rizayeva murakkab insoniy tuyg‘ular aks etgan voqealar markazida bo‘ladi. “Nafs” filmi tomoshabinlar orasida katta muhokamalarga sabab bo‘lgan.

“Aql va yurak”

Munisa Rizayeva xonandalikka kelguncha qaysi filmlarda rol o‘ynagan? Top-5 kino

Rejissyor: Shakhlo Karimova

Filmda Alisher Uzoqov, Zarina Nizomiddinova, Sevara Soliyeva, Ulug‘bek Rahmatullayev kabi aktyorlar bilan birga Munisa Rizayeva ham rol ijro etgan. Ushbu kartina xonandaning kino faoliyatidagi eng muhim ishlardan biri sanaladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?