Job Bellingemga La Ligadan ikki klub qiziqish bildirdi

Yarim himoyachi Job Bellingem Germaniyadan Ispaniyaga yoʻl olishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Ekrem Konur tarqatgan xabarga ko‘ra, Bellingemning ukasiga Madridning «Atletiko»si hamda «Vilyarreal» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hozirda 20 yoshli futbolchi Dortmundning «Borussiya»si safida to‘p surmoqda. Joriy mavsumda u 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali Job Bellingemning bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan. Uning Dortmund klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing