date

Netanyaxu: arab davlatlari Isroil bilan birga jangga tayyor

Netanyaxu: arab davlatlari Isroil bilan birga jangga tayyor

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat va arab davlatlari bilan munosabatlar borasida muhim bayonot berdi.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi kunda ayrim arab davlatlari Isroil bilan bir safda turib, umumiy tahdidlarga qarshi kurashish masalasini muhokama qilmoqda.

“Biz arab davlatlari bilan birgalikda harakat qilish, hatto birga jang qilish masalasi muhokama qilinayotgan ittifoqlar ustida ishlayapmiz. Ilgari men arab yetakchilari bilan maxfiy muloqotlar o‘tkazganman. Ularga Eron xavfi haqida ogohlantirganman”, — dedi Netanyaxu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avval arab davlatlari bu tahdidni to‘liq anglamagan, ammo hozirda vaziyatga bo‘lgan qarashlar o‘zgarib bormoqda.

Kuzatuvchilar fikricha, bunday bayonotlar Yaqin Sharqda yangi ittifoqlar shakllanishi ehtimolini kuchaytirib, mintaqadagi siyosiy muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Netanyaxu: arab davlatlari Isroil bilan birga jangga tayyor