Tok-shouda erkak ekspert aktrisa Anjela Esimbetovaga ozishni maslahat berdi

Mashhur tok-shoulardan birida erkak ekspert tomonidan aktrisa Anjela Esimbetovaga aytilgan fikrlar internet foydalanuvchilari orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Jonli efir vaqtida ekspert aktrisaga ozishni tavsiya qilgan va bu fikrini “semiz ayollar erkaklarga yoqmaydi” degan qarashi bilan izohlagan. Ushbu bayonot studiyadagilar hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turlicha munosabat uyg‘otdi.
Ko‘pchilik ekspertning gaplarini noo‘rin va ayollarning tashqi ko‘rinishini kamsituvchi fikr sifatida baholadi. Ayrim foydalanuvchilar esa har kimning tashqi ko‘rinishi o‘z shaxsiy tanlovi ekanini ta’kidlab, insonni vazni orqali baholash noto‘g‘ri ekanini yozib qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing