Xalqaro sinovda Yaponiya eng xushmuomala millat deb topildi

Britaniyaning Remitly kompaniyasi 26 ta mamlakatdan 4600 dan ortiq ishtirokchilarning qatnashishi bilan xalqaro xushmuomalalik tadqiqotini o‘tkazdi. Respondentlar shaxsiy tajribalari va kuzatuvlariga asoslanib eng xushmuomala va odobli millatlarni aniqlashlari so‘raldi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Yaponiya 35,15% ovoz bilan eng yuqori o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Kanada va Buyuk Britaniya ham kuchli uchlikka kirdi. Eng xushmuomala mamlakatlar o‘ntaligiga Xitoy, Germaniya, Filippin, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya va Janubiy Afrika ham kirdi.
Qiziq tomon shundaki, boshqalarning xushmuomalalik haqidagi fikri va shaxslarning o‘zini baholashlari ko‘pincha farq qiladi. Masalan, Braziliya va Chili aholisi o‘zlarini eng xushmuomala deb hisoblab, o‘rtacha 10 balldan 9,46 ball olgan. Shu bilan birga, Yaponiya eng yuqori bahoga erishgan bo‘lsa ham, ularning o‘zlari o‘z xushmuomalaliklarini nisbatan past baholashgan.
Tadqiqot mualliflari taʼkidlashicha, umumiy holatda odamlar tashqi idrok va farqlarga qaramay, o‘zlarining odobli va xushmuomala ekanliklarini yuqori baholashga moyil. Bu esa madaniy va shaxsiy tushunchalar orasidagi qiziqarli tafovutni ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!