date

Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun xorijga chiqish cheklovi joriy etildi

Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun xorijga chiqish cheklovi joriy etildi

Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar endilikda mamlakatdan uch oydan ortiq muddatga maxsus ruxsatsiz chiqishi taqiqlandi. Bu haqda Berliner Zeitung nashri xabar berdi.

Qoidaga ko‘ra, safar maqsadi qat’iy farq qilmasdan — o‘qish, ish yoki uzoq muddatli sayohat bo‘lishidan qat’i nazar — uch oydan ko‘p vaqtga chet elda bo‘lishni rejalashtirgan erkaklar maxsus ruxsatnoma olishlari shart.

Germaniya hukumati 2035 yilga kelib o‘z qurolli kuchlari sonini hozirgi 184 ming kishidan 255–270 mingga oshirishni maqsad qilgan. Shu munosabat bilan joriy etilgan cheklov harbiy xizmatga yaroqli shaxslarni nazoratda ushlab turish va ehtimoliy safarbarlik imkoniyatini kafolatlashga yo‘naltirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada 45 yoshgacha bo‘lgan erkaklar uchun xorijga chiqish cheklovi joriy etildi