date

Tramp Xitoyga tashrifi chog‘ida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha aniq natijaga erishilmagani aytilmoqda

Tramp Xitoyga tashrifi chog‘ida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha aniq natijaga erishilmagani aytilmoqda

AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoyga tashrifi chog‘ida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasida aniq natijaga erishilmagani aytilmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Eron bo‘g‘oz ustidan nazoratni yumshatishga hozircha katta qiziqish bildirmayapti.

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon mamlakati Ho‘rmuz bo‘g‘ozida “samarali va professional nazorat mexanizmlari”ni joriy etishini ma’lum qilgan. Bu esa urush tugagan taqdirda ham Tehron ushbu strategik yo‘lakdagi nazoratni saqlab qolmoqchi ekanini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Ho‘rmuz bo‘g‘ozi imkon qadar tezroq ochilishi kerakligini ta’kidladi. Biroq Pekin va Vashington bu masalada hamfikrdek ko‘rinsa-da, amalda bo‘g‘oz yopiqligicha qolmoqda.

Agentlik qayd etishicha, Xitoy AQSh va Isroilning Eronga qarshi hujumlarini bir necha bor tanqid qilgan. Shu sabab Tramp va Si Jinpin uchrashuvida Yaqin Sharq bo‘yicha umumiy pozitsiya ko‘rsatishga urinish bo‘lgan bo‘lsa-da, tomonlar mohiyatan turli qarashlarda qolmoqda.

Kemalarga hujum qilish tahdidlari sabab Ho‘rmuzdagi harakat yana keskin cheklangan. Marinetraffic ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutkada bo‘g‘ozdan bor-yo‘g‘i beshta kema o‘tgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Xitoyga tashrifi chog‘ida Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha aniq natijaga erishilmagani aytilmoqda