Millionlab insonlar suvsiz qolishi mumkinmi? Kolorado xavf ostida

1 daqiqa o'qish2.5K
Millionlab insonlar suvsiz qolishi mumkinmi? Kolorado xavf ostida

AQSHning g‘arbiy hududida joylashgan mashhur Kolorado daryosining suv zaxiralari keskin kamayib bormoqda. Mutaxassislar vaziyat tobora jiddiy tus olayotganini ta’kidlamoqda. Bu haqda CBS News telekanali xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, AQSH g‘arbida yashovchi qariyb 40 million aholi har kuni aynan ushbu daryo suvidan foydalanadi. Aholi sonining ortishi esa manbadan yanada ko‘proq suv olinishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bilan birga, tabiiy omillar suv zaxiralarini tiklashga yetarlicha yordam bermayapti.

Arizona shtati universiteti huzuridagi Kayl nomidagi suv siyosati markazi direktori Sara Porterning aytishicha, suv omborlaridagi sath pasayishiga bir nechta omil ta’sir qilmoqda.

“Bu faqat bitta sabab bilan bog‘liq emas. Ammo bu yil tabiat bizga yordam bermadi”, deydi mutaxassis.

Xususan, Kolorado daryosini suv bilan ta’minlaydigan Tog‘li qoyalardagi qor miqdori bu qishda rekord darajada past bo‘lgan. Bu esa Mid va Pauell ko‘llari kabi yirik suv omborlarida suv sathining kritik darajaga tushib ketishiga olib kelgan.

Maqolada qayd etilishicha, Arizona, Kaliforniya va Nevada shtatlari rasmiylari suvni tejash bo‘yicha kurash olib bormoqda. Biroq hozircha daryoni qurib qolishdan saqlab qoladigan yagona va samarali kelishuvga erishilmagan.

Mutaxassislar fikricha, yuzaga kelgan muammo qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika hamda millionlab insonlarning suv ta’minotiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?