date

Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasini ishga tushirdi

Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasini ishga tushirdi

Qozog‘iston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib sun’iy yomg‘ir texnologiyasini amaliyotga joriy qildi. 16 may kuni Turkiston shahrida sun’iy yog‘ingarchilikni oshirish loyihasini ishga tushirish marosimi o‘tkazildi.

Qozog‘iston sun’iy intellekt va raqamli rivojlanish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur texnologiya yordamida yog‘ingarchilik miqdorini tabiiy holatga nisbatan 10–20 foizgacha ko‘paytirish mumkin. Buning uchun atmosferaga ta’sir qiluvchi maxsus usullar qo‘llanadi.

Loyiha suv tanqisligini kamaytirish, suv omborlarini to‘ldirish va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror sug‘orish imkonini yaxshilashga qaratilgan. Rasmiylarga ko‘ra, tashabbus 911 ming gektardan ortiq ekin maydonlarida qurg‘oqchilik ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi.

Taxminlarga ko‘ra, sun’iy yomg‘ir loyihasi qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirib, Qozog‘iston iqtisodiyotiga yiliga o‘rtacha 35 milliard tengegacha qo‘shimcha foyda keltirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston sun’iy yomg‘ir texnologiyasini ishga tushirdi