date

Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimni tark etadimi?

Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimni tark etadimi?

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o‘z xohishiga ko‘ra lavozimni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda “Daily Mail” nashri sharhlovchisi Den Xojes hukumatdagi manbalarga tayanib ma’lum qilgan.

Xabarlarda aytilishicha, Starmer yaqin do‘stlariga bosh vazirlikdan ketish niyatini bildirgan. U mavjud siyosiy vaziyatni anglab yetgan holda, lavozimni “munosib va tinch” tarzda topshirishni xohlayotgani qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, uning iste’fosi qachon e’lon qilinishi hozircha aniq emas. Siyosiy tahlillarga ko‘ra, bu jarayon yaqin oylar ichida sodir bo‘lishi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.

May oyidagi mahalliy saylovlarda leyboristlar mag‘lubiyatga uchragach, yuzga yaqin deputat Bosh vazirdan iste’fo talab qilgan edi. Shu davrda hukumat ichida ham norozilik kuchayib, bir qator yuqori lavozimli amaldorlar iste’foga chiqdi.

Xususan, sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting ham hukumatni tark etgan asosiy siyosiy raqiblardan biri sifatida tilga olinmoqda. Bundan tashqari, Manchester meri Endi Byornhemning parlamentga qaytish niyati ham Britaniya siyosatidagi kurashni yanada keskinlashtirishi mumkinligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimni tark etadimi?