Janubiy Koreya it go‘shtiga 2027 yildan taqiq joriy etadi

Janubiy Koreyada 2027 yildan boshlab itlarni so‘yish hamda ularning go‘shtini oziq-ovqat sifatida sotish to‘liq taqiqlanadi. Bu qaror mamlakat hukumati tomonidan rasman tasdiqlanib, Janubiy Koreyada hayvonlar himoyasi borasidagi eng muhim islohotlardan biri sifatida baholanmoqda.
Janubiy Koreya Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, it go‘shti yetishtiriladigan fermalarning katta qismi allaqachon faoliyatini to‘xtatgan. Mavjud 1535 ta fermadan 1265 tasi 2024 yildan buyon yopilgan bo‘lib, bu umumiy fermalarning 82 foizini tashkil etadi.
Rasmiylarga ko‘ra, qolgan fermer xo‘jaliklari 2026 yil oxirigacha bosqichma-bosqich yopiladi. Shu bilan birga, yopilgan va faoliyatini davom ettirayotgan fermalarda qonun buzilishlari hamda noqonuniy ko‘paytirish holatlarini aniqlash bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkaziladi.
Mazkur qaror prezident Yun Sok-Yolning saylovoldi va’dalaridan biri bo‘lib, so‘nggi yillarda mamlakatda it go‘shtini iste’mol qilish sezilarli darajada kamaygani qayd etilmoqda, ayniqsa yosh avlod orasida bu an’ana deyarli yo‘qolib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!