36 yoshli erkak leytenant qaynog‘asi tomonidan otib jarohatlandi

Joriy yil mart oyi oxirida Qozog‘istonning Aqtobe viloyatida 36 yoshli erkak leytenant qaynog‘asi tomonidan bir necha marta otib jarohatlandi. Bu haqda KTK xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor Xromtog‘da faoliyat yuritayotgan uchastka inspektori yordamchisi ekanini tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki, u xizmat qurolidan foydalanib, 36 yoshli kuyoviga bir necha bor o‘q uzgan. Hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng katta leytenant qo‘lga olingan.
E’tiborli tomon shundaki, jabrlanuvchi turmush o‘rtog‘ining akasiga nisbatan hech qanday da’vo yo‘qligini bildirgan va shikoyat qilmasligini aytgan.
Qurolli mojaroning aniq sababi hozircha ochiqlanmagan. Jabrlanuvchi olingan jarohatlar sababli hozircha yura olmaydi. Reanimatsiyadan chiqqan erkak o‘zini yaxshi his qilayotganini, muolajalarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Qaynog‘asi undan kechirim so‘ragan va u uni kechirgan.
Shifoxona rahbarining ma’lum qilishicha, otishma natijasida erkak bir necha og‘ir jarohatlar olgan. Uning toc suyaklari, bilak va har ikki o‘pkasi o‘qdan zararlangan. Hozircha uning ahvoli o‘rtacha ekanligi qayd etilgan.