date

Aleksandr Nübel Bavariya tarkibida qolmaydi

Aleksandr Nübel Bavariya tarkibida qolmaydi

Bavariya darvozaboni Aleksandr Nübelning klub bilan shartnomasi 2030-yilga qadar moʻljallangan boʻlsa-da, uning Myunxen jamoasidagi kelajagi soʻroq ostida qolmoqda. Bavariya sport direktori Kristof Froynd darvozabonning klub rejalariga kirmasligini va u jamoani tark etishini tasdiqladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda ijara asosida VfB Shtutgart sharafini himoya qilayotgan 29 yoshli posbonning kelajagi borasida klub rahbariyati aniq qarorga kelgan. Froyndning soʻzlariga koʻra, Manuel Noyer va Sven Ulrayx bilan shartnomalar uzaytirilgani hamda Jonas Urbigning jamoaga jalb etilgani sababli, Nübel uchun asosiy tarkibda joy yoʻq.

Aleksandr Nübel 2020-yilda Shalke klubidan Bavariya safiga kelib qoʻshilgan edi. Biroq, u Myunxen klubi safida bor-yoʻgʻi toʻrtta rasmiy oʻyinda maydonga tushdi. 2021-yildan buyon futbolchi AS Monako va VfB Shtutgart klublarida ijara asosida toʻp surib kelmoqda.

VfB Shtutgart rahbariyati darvozabonni doimiy asosda oʻz safiga qoʻshib olishni istasa-da, moliyaviy imkoniyatlar bunga yoʻl qoʻymayapti. Shu bois, Germaniya terma jamoasi safida uchta oʻyin oʻtkazgan posbonning keyingi faoliyati qayerda davom etishi hozircha nomaʼlum boʻlib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Nübel Bavariya tarkibida qolmaydi