date

Suvni eng ko‘p ichadigan davlatlar reytingi e’lon qilindi

Suvni eng ko‘p ichadigan davlatlar reytingi e’lon qilindi

Markaziy Osiyo davlatlari aholi jon boshiga suv iste’moli bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘ntalikdan o‘rin oldi. Reytingda Turkmaniston peshqadamlik qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston mintaqa mamlakatlari orasida uchinchi pog‘onadan joy egalladi. Bu haqda “Worldometer” portali tomonidan e’lon qilingan suvdan foydalanish global indeksida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada yillik suv iste’molining umumiy hajmi bo‘yicha O‘zbekiston 54,56 milliard kubometr ko‘rsatkich bilan yetakchilik qilmoqda.

Keyingi o‘rinlarda esa quyidagi davlatlar qayd etilgan:

— Turkmaniston — 27,9 milliard kubometr;
— Qozog‘iston — 22,77 milliard kubometr;
— Tojikiston — 11,49 milliard kubometr.

Eng past ko‘rsatkich Qirg‘iziston hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu mamlakatda yillik suv iste’moli taxminan 8 milliard kubometrni tashkil qilgan.

Aholi jon boshiga kunlik o‘rtacha suv sarfi bo‘yicha Turkmaniston mutlaq jahon yetakchisi sifatida qayd etildi. U yerda bir kishi hisobiga kuniga 15 445 litr suv to‘g‘ri keladi.

Suv resurslaridan eng ko‘p foydalanuvchi davlatlar o‘ntaligiga, shuningdek, Chili — 5880 litr va Gayana — 5284 litr ko‘rsatkich bilan kirgan.

Ulardan keyingi pog‘onalarni esa quyidagi davlatlar egallagan:

— O‘zbekiston — 4778 litr;
— Tojikiston — 4460 litr;
— Qirg‘iziston — 4153 litr.

Shu bilan birga, top-10 ro‘yxatidan AQSH, Eron, Estoniya va Ozarbayjon ham o‘rin olgan. Qozog‘istonda esa kunlik o‘rtacha suv sarfi mintaqa bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, bir kishi hisobiga 3397 litrni tashkil etgan.

Suvdan eng tejamkor foydalanish darajasi Afrika davlatlarida, ayniqsa Kongo Demokratik Respublikasida kuzatilmoqda. U yerda bir kishi kuniga atigi 32 litr suv sarflaydi.

Mutaxassislar fikricha, ushbu holat fonida O‘zbekistonda suvning maqsadsiz sarflanishiga qarshi choralar kuchaytirilib, kanallarni modernizatsiya qilishga qaratilgan davlat dasturlari yanada faollashtirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Suvni eng ko‘p ichadigan davlatlar reytingi e’lon qilindi