Yodingizda bo‘lsa, shu kecha-kunduzda siz va biz kabi yashab kelayotgan, marhumlarni 4 oy davomida uyida “boqadigan” Indoneziyaning Sulavesi orolida yashaydigan torojalar haqida ma’lumot bergan edik.
Torojalar kabi dafn marosimini “o‘zgacha” urf-odatga ko‘ra o‘tkazuvchi “bo” deb atalgan xalqlar haqida eshitganmisiz? Navbatdagi mavzu shu haqda...
Baland tog‘lar qoyalarida osilib turgan yog‘och tobutlarni ilk bor ko‘rgan har qanday odam seskanishi mumkin. Yo‘q, bu fantaziya emas! O‘rta asrlarda Xitoyda yashagan “bo” nomli xalq marhumlarni ana shunday dafn etishi urf bo‘lgan...
Bu xalq zamonaviy Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida yashagan va hozirda ularning vakillari deyarli uchramaydi, qadimgi elat mahalliy xitoy xalqi bilan “qorishib” ketgan...
Baland tog‘ qoyalarida, yog‘och ponalarda osilib turgan tobutlar — ushbu “jumboqli xalqni” eslatuvchi yagona “yodgorlik”.
Qadimda “bo” deb nomlangan xitoy elati ko‘p sonli va ko‘p millatli mamlakatda juda kamchilikni tashkil etgan. Shunga qaramay ularning o‘ziga xos madaniyati, urf-odat va an’analari bo‘lgan. Agar qadimgi min sulolasi bilan qirg‘inbarot urushlar bo‘lmaganda — bu madaniyat yanada “rivojlangan” bo‘larmidi...
Bo qabilasida, bundan to‘rt-besh yuz yil avval, Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida o‘z yaqinlarini tepaliklar qiyasiga, yog‘och tobutga solib dafn etish odati paydo bo‘lgan. Dafn marosimining yana bir sharti — tobutlar odamlar yashaydigan joydan ko‘rinib turishi kerak. Ular bunday “mozor”larni ajdodlarga omad keltiradi, deb hisoblashagan.
Umuman olganda, bo xalqining hayotida bunday g‘alati an’anaga paydo bo‘lishiga nima saba bo‘lgan ekan?
100–200 metr balandlikdagi qoyalarga ikki yuz kilogacha boradigan tobutlarni qanday qilib ko‘tarib chiqishgan?
Bo qabilasi vakillari uchishni bilishgan, samoda yuz beradigan har xil tabiat hodisalari ularning izmiga bo‘ysungan, shuning uchun ular o‘z yaqinlarining jasadlarini shunday balandlikda dafn etishgan, degan rivoyatlar ham mavjud. Albatta bu bir afsona...
Arxeolog va tarixchi olimlar yonidan daryo oqib o‘tgan tepaliklardagi bunday qabrlarning nisbatan ko‘pligi topishgan. Bo xalqi bahorgi suv ko‘payishini kutib, tobutlarni suv ko‘tarilishidan foydalanib, qoyalarga olib chiqqan, degan taxminga ham borishdi.
Bundan tashqari, tik qoya yoriqlariga ponalar qoqib, o‘ziga xos narvon yasashgan va ulardan yuqoriga ko‘tarilishgan, degan taxmin ham bor. Qoyalar yoriqlaridan topilgan ponalar ana shundan dalolat beradi.
Yaqinda esa Xitoy janubida joylashgan kutubxonadagi qadimgi qo‘lyozmalardan birida esa shunday tobutlarni dorlar yordamida olib chiqishganligi haqidagi qaydnoma topildi.
Tobutlarni qoyaga qanday olib chiqishgan, degan savolga olimlar bir necha taxminlarda arang javob berishayotgan bo‘lsa, “nima uchun” savoli hanuz jumboqligicha qolmoqda!
Umuman olganda, o‘lim hodisasi, aniqrog‘i o‘limdan so‘nggi “hayot” farazlari yuzlab xalqlarning minglab taxmin-tasavvurida tasvirlanadi.
Yana bir mutaxasssisning fikricha, agar shunday qilinsa, marhumning ruhi osmonga chiqib, u dunyoga yetib olishi oson bo‘larkan. Yana bir guruh olimlar ta’kidlashicha, bu xildagi dafn etishda hech bir diniy qarashlar mavjud emas, bo xalqi dushmanlar marhumlar qabrini toptamasliklari uchun jasadini tobutga solib, qoyalarga osib qo‘yishgan emish.
Bu ancha haqiqatga yaqin faraz, chunki hozirgacha ana shunday qabrlarning ko‘pchiligi hanuzgacha “kashf” etilganicha yo‘q. Negaki, ular juda balandda...
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi